• (+998) 78 113-31-51

  • Du-Ju : 9:00-18:00

SamAuto Toshkentda yangi avlod avtomobillarini namoyish qildi (video)

Bosh sahifa | Yangiliklar | SamAuto Toshkentda yangi avlod avtomobillarini namoyish qildi (video)

Yarmarkada milliy brend SamAuto ham yangi avlod avtomobillari bilan ishtirok etmoqda. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari, avtobuslar va pikaplar ancha xaridorgir hisoblanadi.

SamAuto dileri sotuv menejeri Sardorxo‘ja Maqsudxo‘jayev “Daryo”ga bergan intervyusida avtomobillarning yangi modellari va ularning imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

“Ko‘rgazmada SamAuto zavodining 13 ta modeldagi avtomobillari, xususan, 3 ta pikap, 1 ta avtobus va 9 ta yuk mashinalari namoyish qilinmoqda. Bizning asosiy mijozlar kichik va katta korxonalar hamda davlat tashkilotlari hisoblanadi.

Aytish kerak, SamAuto tomonidan ishlab chiqarilgan Isuzu NMR 77H Light nomli yangi model ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Bu yuk mashinasida haydovchi uchun maksimal darajadagi qulayliklar yaratilgan. Uning rul va o‘rindiqlarini bir necha shaklda moslashtirish mumkin va salonida konditsioner o‘rnatilgan.

Avtomobilning to‘liq vazni 3,5 tonna bo‘lib, bu shahar ichida transport va logistika bilan shug‘ullanadiganlar uchun juda qulay”, – dedi mutaxassis.

Ko‘rgazmada yana bir yangi avlod yuk avtomobili – Isuzu NQR 90L ham namoyish qilinmoqda.

“Mazkur model butun O‘zbekistonda sevilgan Isuzu NQR 71PL modelining o‘rniga ishlab chiqarilyapti. Buning o‘ziga xos yutuq tomoni eski modeldan bir yarim tonnaga to‘liq vaznining kattaligidir. Shu bilan birga, avtomobil kabinasi kengaytirilgan va balandroq qilingan”– deydi Sardorxo‘ja Maqsudxo‘jayev.

SamAuto tomonidan ishlab chiqarayotgan Isuzu NPR82L modeli ham o‘ziga xos. Mazkur yuk avtomobilining dvigateli faqatgina metan gazida ishlashi ko‘plab ixlosmandlar e’tiborini tortadi. Aksariyat avtomobillari dizelda yurishga moslashtirilgan SamAuto mijozlar talabiga binoan 100 foiz metan gazida ishlaydigan dvigatelli modelni ishlab chiqara boshlagan.

Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan pikaplarga ham aholining qiziqishi yuqori. Ayniqsa, yangi avlod Isuzu D-MAX rusumli pikap qulayligi va sifati jihatdan o‘ziga xos. Mazkur avtomobil 163 ot kuchiga ega bo‘lib, dizelda harakatlanadi. Uning salonida haydovchidan tashqari 4 kishi uchun o‘rindiqlar. Qolaversa, avtomobilning yuk uchun mo‘ljallangan qismida bir tonnagacha yuk tashish imkoniyati yaratilgan.

Ko‘rgazmada SamAuto ning chiqindi va benzin tashish hamda o‘t o‘chirishga mo‘ljallangan maxsus avtomobillari hamda avtobuslari ham namoyish qilinmoqda. Kompaniya vakillari mazkur avtoulovlarga davlat tashkilotlari tomonidan ko‘proq buyurtma berilishini aytdi.

“O‘zko‘rgazmamarkaz”dagi yarmarka 18-noyabrga qadar davom etadi. SamAuto stendi birinchi pavilyon va Yapon bog‘i tomonidan kirish o‘rtasida joylashgan. Ko‘rgazma mehmonlari kerakli avtomobil modelini joyida sotib olishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, SamAuto 23 yildan beri avtobuslar, yuk mashinalari va maxsus texnikalar ishlab chiqaradi. Kompaniya 2019-yildan boshlab Isuzu D-MAX pikaplarini ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan. Joriy yildan kompaniya yangi 700P avtomobillari avlodini ishlab chiqarishga o‘tdi.

O‘zbekistonda SamAuto kompaniyasining 34 ta dileri faoliyat yuritmoqda. Kompaniya avtomobillaridan xarid qilishni istagan mijozlar dilerlarga murojaat qilishlari mumkin.

So'ngi yangiliklar

  • O

     2023-01-04 17:08:57