• (+998) 78 113-31-51

  • Du-Ju : 9:00-18:00

Ayrim turdagi xorij avtomobillari uchun «rastamojka» narxi pasaytirildi

Bosh sahifa | Yangiliklar | Ayrim turdagi xorij avtomobillari uchun «rastamojka» narxi pasaytirildi

15 aprel kuni “Budjetlararo munosabatlarni va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolandi.

Qarorga muvofiq, dvigatel sig‘imi 3000 sm³ dan katta bo‘lgan avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruvi ikki bosqichda pasaytirilmoqda.

Xususan, 15 apreldan 31 dekabrgacha bo‘lgan muddatda boj stavkalari 30 foizdan 15 foizga tushirildi; avtomobil dvigateli quvvatining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar ham ikki barobar (3 dollardan 1,5 dollarga) kamaytirildi.

Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, avtomobil dvigateli quvvatiga bog‘langan qo‘shimcha koeffitsiyentlar yana bir bor pasaytiriladi (1,5 dollardan 1,25 dollarga), 15 foizlik asosiy boj stavkasi esa o‘zgarishsiz qoladi.

Yangi tartib ishlab chiqarilgan sanasidan O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tgan kungacha 1 yildan ortiq vaqt o‘tmagan avtotransport vositalariga taalluqli.

Bundan tashqari, gibrid avtomobillar (ham ichki yonuv dvigateli, ham elektr dvigateliga ega avtomobillar) uchun birinchi marta bojxona stavkalari belgilandi.

Endilikda gibrid avtomobillarni import qilish uchun dvigatel turiga va ishlab chiqarilgan muddatiga qarab avtomobil narxining 15 foizidan 30 foizigacha boj to‘lash kerak bo‘ladi. Ilgari bu turdagi avtomobillar uchun ham dvigatel quvvatining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar to‘lanardi.

Avvalroq, 21 fevral kuni imzolangan prezident qarorida ham ishlab chiqarilgan sanasiga 1 yil to‘lmagan yangi transport vositalari importi uchun bojxona boji va avtomobil dvigatelining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar ikki bosqichda pasaytirilishi ko‘zda tutilgandi.

So'ngi yangiliklar

  • O

     2023-01-04 17:08:57